O‘zbekistonda 27 mart kuni iliq havo kuzatilishi aytilmoqda

«O‘zgidromet» xizmati 27 mart kuni respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab
tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–7 daraja iliq, kunduzi 11–13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 9–14 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esad. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi