Bugun ayrim hududlarda yomg’ir yog’ishi mumkin

“O‘zgidromet” 19 aprel, seshanba kuni respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, 12–17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–17 daraja, kunduzi 25–27 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 11–16 daraja bo‘ladi.