3 oyda eng ko‘p nikoh holati qayd etilgan hududlar ma’lum bo‘ldi

2022 yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha 57 873 ta nikoh holatlari qayd etilgan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2015 taga kam.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni:

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4149 ta

— Andijon viloyati – 4521 ta

— Buxoro viloyati – 3694 ta

— Jizzax viloyati – 2095 ta

— Qashqadaryo viloyati – 6213 ta

— Navoiy viloyati – 1314 ta

— Namangan viloyati – 3611 ta

— Samarqand viloyati – 6341 ta

— Surxondaryo viloyati – 5136 ta

— Sirdaryo viloyati – 1339 ta

— Toshkent viloyati – 4572 ta

— Farg‘ona viloyati – 5341 ta

— Xorazm viloyati – 5241 ta

— Toshkent shahri – 4306 ta