Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘oliblari 5 ming dollargacha rag‘batlantiriladi

“2022 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–234-son, 05.05.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, mazkur Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari belgilandi.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindorlar, ularning trenerlari quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Gʻolib va sovrindorlar:

Oltin medal uchun – 5 000 AQSH dollari;
Kumush medal uchun – 3 000 AQSH dollari;
Bronza medal uchun – 2 000 AQSH dollari;

Gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

Oltin medal uchun – 2 500 AQSH dollari;
Kumush medal uchun – 1 500 AQSH dollari;
Bronza medal uchun – 1 000 AQSH dollari;

Boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):

Oltin medal uchun – 2 000 AQSH dollari;
Kumush medal uchun – 1 000 AQSH dollari;
Bronza medal uchun – 500 AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofotlari.
Bundan tashqari, g‘olib va sovrindorlar, trenerlar qo‘shimcha ravishda mahalliy byudjetdan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

Gʻolib va sovrindorlar:

Oltin medal uchun – BHMning 300 baravari;
Kumush medal uchun – BHMning 200 baravari;
Bronza medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;

Gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

Oltin medal uchun – BHMning 200 baravari miqdorida;
Kumush medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;
Bronza medal uchun – BHMning 50 baravari miqdorida.