Bugun qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 10 may kuni respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, 12–15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18–20 daraja, kunduzi 23–25 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 15–20 metr/sekundgacha, ba’zi joylarda 22–25 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi.

OneDash Telegram — kombayn dlya prodvijeniya
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 15–20 metr/sekundgacha, ba’zi joylarda 22–25 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 15–20 metr/sekundgacha, ba’zi joylarda 22–25 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 15–20 metr/sekundgacha, ba’zi joylarda 22–25 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 13–18 daraja bo‘ladi.