1 iyundan boshlab g‘allani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev don mahsulotlari korxonalarida transformasiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilishida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, fermer va klasterlar o‘zlari yetishtirgan g‘allasini birja savdolariga olib chiqishlari uchun ham barcha imkoniyatlar yaratiladi.
Shuningdek, davlat bu yil donni 2021 yilgidan ikki baravar qimmat narxda sotib oladi.
“Bunda, eng avvalo, davlat resurslari uchun sotib olinadigan 1 tonna bug‘doy narxi o‘tgan yildagi 1 million 550 ming so‘mdan joriy yil hosili uchun 3 million so‘mga, ya’ni 2 baravarga oshirilishi ma’lum qilindi”- dedi Prezident.