Aprel oyi oxirida Shimoliy Koreyada mutaxassislar noma’lum kasallik avj olganini qayd etdi. Bu haqda Reuters Koreya markaziy axborot agentligiga (KCNA) tayanib ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, kasallik belgilari 350 ming kishida aniqlangan. Qayd etilishicha, 162,2 ming kishi tuzalib ketgan, qolgan 187,8 ming bemor esa karantinga olingan va davolanish kursini davom ettirmoqda.
KCNA ma’lumotlariga ko‘ra, 12 may kuni KXDRda 18 ming noma’lum kasallik holati qayd etilgan.
Kecha Shimoliy Koreyada 18 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi aniqlangani, ulardan olti nafari vafot etgani xabar qilingandi