Kasalxonada navbat talashib janjal ko‘tarilganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonada ayollar va erkak o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 4 may kuni taxminan soat 20.30 larda Yunusobod tumanida joylashgan xususiy klinikalardan birida 1992 yilda tug‘ilgan ayol Y.L. va singlisi, 1996 yilda tug‘ilgan Y.X. shifokor ko‘rigiga navbatsiz kirib ketgan.

Bundan norozi bo‘lgan navbatda turgan 1993 yilda tug‘ilgan erkak M.S. e’tiroz bildirgan. Natijada ular o‘rtasida o‘zaro janjal chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») alomati bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.