Qashqadaryoda yigit va onasi kaltaklandi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 aprel kuni yigit va onasi amakilari tomonidan kaltaklandi. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu soat taxminan 08:00 da Qamashi tumani «Mayda» MFYda yashovchi o‘y bekasi Z.X. yashash uyida o‘tirgan vaqtida turmush o‘rtog‘i X.Xa. hamda uning aka-ukalari X.X., X.Fa., X.F.lar bilan kelib, o‘zaro janjallashib qolgan. Shundan so‘ng Z.X. va o‘g‘li Sh.P.ga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan X.Xa., X.X., X.Fa., X.F.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi «g,i,m» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i X.Xa.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.