Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida mudhish qotillik jinoyati sodir bo‘ldi. Tumanda yashovchi yigit tunggi vaqtda shu tumandagi uyga o‘g‘irlikka tushgan.
Sudlanuvchi uyga derazadan oshib kirib, uyda uxlab yotgan ayolning bo‘ynidagi tilla zanjirni yechib olayotgan vaqtida ayol uyg‘onib ketgan.
Yigit esa uning tanasiga oshxona pichog‘i bilan ko‘p marotaba uradi. Natijada, ayol voqea joyida vafot etgan.
JIB Sirdaryo viloyati Guliston shahar sudida ushbu jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va sud hukmi o‘qildi. Mavjud dalillar B.T.ning aybdor ekanligini tasdiqlagan.