Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 95 023 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 036 taga oshgan.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 382,3 ming tonna
— Ko‘mir – 1,6 mln. tonna
— Neft – 248 ming tonna
— Gaz kondensati – 459 ming tonna
— Yengil avtomobil – 95 023 dona
— Avtobus – 247 dona
— Yuk avtomobillari – 1188 dona
— Avtomobil dvigatellari – 71,1 ming dona