Dehqonobodda surxondaryolik fuqaroning jasadi topildi

Bugun ijtimoiy tarmoqlar hamda internet saytlarda Dehqonobod tumani hududidagi jarlikda surxondaryolik fuqaroning jasadi topilgani haqida xabar tarqaldi. Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Fuqaro Z.I ning jasadi topilgan hudud Dehqonobod tumani emas, balki Qamashi tumanining O‘rmon xo‘jaligiga qarashli hudud ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda holat bo‘yicha Qamashi tumani Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.