Toshkentda noodaiy ko‘rinishdagi bolalar bog‘chasi paydo bo‘ladi

Yangi hayot tumanida O‘zbekistondagi ilk burchakka ega bo‘lmagan noodatiy bog‘cha qurilish ishlari avjida.

Ushbu bog‘cha o‘z ichida 480 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga sig‘dira olishi mo‘ljallangan bo‘lib, tumanining “ yangi Choshtepa» mahalla hududida qad ko‘tarmoqda.

2022 yil yakunida foydalanishga topshirilishini rejalashirilayotgan yangi, innovasion va noodatiy bog‘chaning boshqalardan qulaylik tarafi shundaki, eng zamonaviy metodik usullar orqali farzandlaringiz bilan doimiy shug‘ullanadi.

Loyihaga ko‘ra bino birorta ham burchakka ega bo‘lmaganligi sababli bolajonlar uchun yorug‘likni to‘g‘ri taqsimlash, xonalar interyeri bir-birini takrorlamasligiga alohida e’tibor berilgan.

Asosiysi, ushbu bog‘cha mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobiga barpo etilayotgan bo‘lib, noodatiy bo‘lishiga qaramay barcha davlat bog‘chalari bilan teng miqdorda oylik puli to‘lanilishi rejalashtirilmoqda.