Ukraina va Rossiya halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasadlarini o‘zaro almashishdi.
Ayirboshlash 2 iyun kuni Zaporojьye viloyatidagi front chizig‘ida bo‘lib o‘tdi. Operasiya Ukraina mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi, Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi va boshqa huquq-tartibot idoralari ishtirokida o‘tkazildi.
Bu almashinuv birinchi marta amalga oshirildi.
Avvalroq Ukraina va Rossiya vakillari halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini topshirishga tayyor ekanliklarini, biroq almashish bo‘yicha kelisha olmaganliklarini aytishgandi.
Rossiya tomoni jasadlarni almashish borasida hozircha izoh bermagan.