Kecha, 5 iyun kuni kubok ortilgan reys Beyrutdan Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Sportni rivojlantirish vaziri va Ravshan Ermatov aeroportda mehmonlarni kutib olgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022 yilgi Mundial oldidan JCh Kubogi sayohat qiladigan dunyoning 51 mamlakatlaridan biri hisoblanadi.
Bugungi Kubok taqdimotida Jahon chempionlari Kristian Karambyo va Karles Puyol ham ishtirok etishi kutilmoqda.