Saratonni samarali davolash birikmasi aniqlandi

Ostindagi Texas universitetining xalqaro olimlar jamoasi davolash qiyin bo‘lgan saraton turlariga qarshi qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali birikmani aniqladi. Tadqiqot natijalari Nature Cancer ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Mutaxassislar hayvonlar va Petri kosachasida o‘tkazilgan tajribalar doirasida ko‘krak bezi saratonining ko‘plab turlarini keltirib chiqaruvchi estrogen reseptorini bo‘g‘uvchi ERX-11 birikmasini aniqladi va sinovdan o‘tkazdi.

Bundan tashqari, ERX-11 ko‘krak bezi saratonining (TNRMJ) kamdan-kam uchraydigan salbiy uch turini bartaraf qiladi. Odatda bunday o‘smalarni davolash qiyin kechadi va ulardan sog‘ayish bo‘yicha salbiy ko‘rsatkichlar qayd etiladi.

Shundan so‘ng tadqiqotchilar kashf qilingan birikmani boshqa saraton turlari, shuningdek, ksenotransplantatlarda ta’sir qilish tahlilini o‘tkazdi. Natija sichqonlarning sog‘lom hujayralariga yuqori samaradorlikda hamda minimal darajada zaharli ta’sir ko‘rsatdi.

Olimlar ularning kashfiyoti terapiyada o‘xshashi kam bo‘lgan o‘smalarni davolashda yangi dori-darmonlarning paydo bo‘lishi uchun zamin yaratishiga ishonch bildirmoqda.