Ijtimoiy tarmoqlarda Urganchda 8 nafar shaxs «Kobalt» haydovchisini pichoqlab ketgani va jabrlanuvchi voqea joyida vafot etganligi haqida videoyozuv tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati hodisa yuzasidan bayonot berdi.
Aytilishicha, videoyozuvda aks etilgan holat bo‘yicha 2 iyun kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qolgan 7 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan ayb e’lon qilinib, 1 nafariga «qamoqqa olish» va 6 nafariga «munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.