Andijonda qiziq ishlar bo‘lyapti, endi xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ham hibsga olindi


Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov 7 iyun kuni 48 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari talon-taroj qilinishi holati bo‘yicha gumondorlardan biri sifatida qo‘lga olindi.

XTB axborot xizmati bu xabarni tasdiqlab, tergov ketayotganini ma’lum qildi.

Mirkomilov hozirgi lavozimida 2020 yil fevralidan buyon ishlab kelmoqda.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 7 iyunda Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov ham qo‘lga olingan edi.

Hokim eski lavozimida (viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i) ishlagan vaqtda sheriklari bilan 48 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanyapti.

May oyi holatiga, Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan; yetkazilgan zararning 23 foizi qoplangan. Tergovni Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi olib bormoqda.