Antimonopoliya qo‘mitasi narxlarni asossiz oshirgan va raqobat qonunchiligini buzgan monopol tashkilot — «O‘zbekiston Kabel Televideniyesi»ga nisbatan иш қўзғатди.
Tashkilot tele va radio dasturlarni qayta uzatish xizmatlari bozoridagi raqobat qonunchiligi talablarini buzgan.
Shuningdek, MCHJ tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlari respublikada IP-televideniye faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining noroziligiga sabab bo‘lgan.
Antimonopoliya qo‘mitasi tomonidan yuqoridagi holatlarni bartaraf etish bo‘yicha qaror va ko‘rsatma berilishi natijasida narxlarni sun’iy oshirish holatiga chek qo‘yildi va tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy manfaatlari himoya qilindi.