«O‘zgidromet» xizmati 12 iyun, yakshanba kuni respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5–10 metr sekund tezlikda esadi, 12–17 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17–19 daraja, kunduzi 31–33 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 33–38 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim tumanlarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.