Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituvida Jomboy tumanlaro iqtisodiy sudining 2021 yil 10 dekabrdagi sud hujjatiga qarzdor korxona va qo‘shimcha javobgar tibbiyot ma’suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi ATB “Qishloqqurilishbank” viloyat filiali foydasiga 636 mln. 277 ming so‘m asosiy kredit qarz va 25 mln. 269 ming so‘m foiz qarzi jami 661 mln. 546 ming so‘m undiruvni qo‘shimcha javobgar mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan 2012 yilda ishlab chiqarilgan “SHACMAN” rusumli yuk va “NORTH-BENZ” rusumli maxsus avtotransport vositalariga qaratish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qo‘shimcha javobgar “StahelHydrotech” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan 2012 yilda ishlab chiqarilgan “SHACMAN” yuk va “NORTH-BENZ” rusumli maxsus avtotransport vositalari xatlandi.
Agar belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmasa, mazkur transport vositlari auksion savdolariga chiqariladi.