Ko‘p uxlagan bolaning bo‘yi uzun bo‘ladi deyishadi, shu to‘g‘rimi?

O‘sish gormonlari bola uxlaganda ishlab chiqariladi. Demak, me’yorida uxlagan bola yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova aytib o‘tdi.

Shuningdek, bolaga mehr yetishmasligi unda o‘sish gormonlari ishlab chiqarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli Mehribonlik uylaridagi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘pincha bo‘y o‘sishidan ortda qolish ko‘proq kuzatiladi. Ota-onalar ham bola ruhiyatiga e’tibor qaratishi lozim.
Agar farzandingizning bo‘yidan xavotirda bo‘lsangiz, shubha-gumonlaringizga aniqlik kiritish maqsadida bir necha tekshiruvlar lozim.

Bular: bolaning bo‘yi va vazni o‘lchami, bosh sohasining tomografiya tekshiruvi, qo‘l kafti rentgeni, qondagi gormon miqdori, jigar faoliyati, gijjalar tekshiruvi hamda genetik xastalikka gumon qilinganida genetik mutaxassis tomonidan alohida qon tahlili olinadi, deya ta’kidlaydi mutaxassis.