“Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasi indikator asosida baholab boriladi:
Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xodimlar faoliyatining samaradorligi;
Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish holati;
Ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan axborot resurslarida e’lon qilish va jamoatchilik oldida hisobdorlik tizimining yo‘lga qo‘yilishi;
Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlashga oid ma’lumotlarning rasmiy veb-saytda joylashtirilishi;
Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlar joylashtirilishi hamda ommaviy kommunikasiya texnologiyalarining joriy qilinishi;
Korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda ochiqlik tamoyillaridan foydalanish holati;
Jamoatchilik kengashi faoliyatining samaradorligi.
Farmonga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yil yakuni bo‘yicha Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi shakllantiriladi va “eanticor.uz” elektron platformasi va ommaviy axborot vositalari orqali ochiq e’lon qilib boriladi;
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik darajasi “0” balldan “100” ballgacha reytingda baholanib, quyidagi toifalarga ajratiladi:
71 balldan 100 ballgacha – “yashil”
55 balldan 71 ballgacha — “sariq”
55 balldan past — “qizil”
Ochiqlik darajasi eng yuqori deb topilgan davlat organi yoki tashkilotining sohaga mas’ul xodimlarini rag‘batlantirish, aksincha, salbiy bo‘lganlarini qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalasi hal etiladi.
Agentlikka davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida quyidagi qo‘shimcha huquqlar berildi:
davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslariga ochiqlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirish e’lon qilish;
ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarning buzilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;
rasmiy veb-sayt va boshqa axborot resurslarida e’lon qilingan ochiq ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilib olish haqida so‘rovnoma yuborish.