Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ўтказилган.
Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahridagi “B.K.” MCHJ rahbari A.Q. va viloyat bank filiali mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, Kitob tumanida yashovchi 21 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz asalari uyasi va oilasini xarid qilish uchun imtiyozli shartlar asosida jami 210 mln so‘m kredit mablag‘i ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablag‘ini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlanib, tekshiruv davomida yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishi ta’minlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.