Qarzdorlik evaziga gaz quyish shahobchasi hamda Captiva rusumli avtomashinasi auksionga sotuvga chiqarildi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 05.01.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor masʼuliyati cheklangan jamiyatdan undiruvchi «Milliy bank» AJ Toshkent shahar filiali foydasiga muddati oʻtgan 5 mlrd. 528 mln. 728 ming soʻm kredit qarzdorligini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻyicha garov mulki hisoblangan Mirzaobod tumani, Bogʻiston MFY hududida joylashgan gaz quyish shahobchasi hamda Captiva avtomashinasi davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlanib, «E-AUKSION» elektron savdo maydonchasiga onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.


Koʻchmas mulk hamda avtotransport vositasi sotuvidan tushadigan pul mablagʻlari qarzdor korxonaning «Milliy bank» AJ Toshkent shahar filiali oldidagi kredit qarziga yoʻnaltiriladi.