Konstitusiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

2022 yil 17 iyun kuni, soat 10:00da O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni oshirish bo‘yicha Konstitusiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Mazkur yig‘ilishda Konstitusiyaviy Komissiya a’zolari tomonidan takliflar birma-bir muhokama qilinib, asosli takliflar bo‘yicha a’zolar o‘z xulosasini bildiradi.