Tafakkur vaqti: Sadoqat

Bir odamning qadrdon uch do‘sti taqdir taqozosi bilan uch shaharda yashar edi. U do‘stlarining sadoqatini sinamoqni maqsad qildi. Avval biriga xizmatkorini jo‘natdi.

Xizmatkor xojasining ishi yurishmay, qarzga botganini aytdi. Do‘sti uni yupatib, u aytgan qarzni to‘lashga yetgulik miqdordagi pulni berib, iziga qaytardi. Sinovchi do‘st birodarining bu karamidan quvonib, xizmatkorini ikkinchi shaharga jo‘natdi.

Ikkinchi shahardagi kishi ham do‘stining qarzga botganini eshitib g‘oyat qayg‘urdi. Ertasiga xizmatkorning qo‘liga qarzni qoplaydigan va yana o‘n yil davomida tirikchiligiga asqotadigan mablag‘ berib jo‘natdi. Sinovchi do‘st bundan ham quvondi, shunday do‘stlarni berganiga Allohga shukrlar
qildi.

Uchinchi shaharga jo‘natishdan oldin xizmatkoriga qattiq tayinladi:

  • Bu do‘stim badavlat emas, o‘zi olim odam. Unda ilmdan boshqa narsa yo‘q. Shu sababli
    “Xo‘jayinimning ahvoli xarob, katta qarzga botgan”, deb vahima qilma. “Ishlari yomon emas, faqat besh tangagina qarzlari bor, Xudo xohlasa yaqin kunlarda qarzdan qutulib, ishlari avj olib ketadi”, degin. Xizmatkor olim do‘st xuzuriga borib xojasining buyurganini bajardi. Olim do‘st bu xabarni eshitib, boshini egdi. So‘ng o‘rnidan turib, tashqariga chiqdi.

Xizmatkor o‘tirgan uyiga nazar soldi: yirtiq polos-u eski ko‘rpachadan boshqa hech vaqo yo‘q ekan.
“Hech bo‘lmasa besh tangasi bordir”, deb o‘tirganida, uyiga notanish odam kirdi-da:
-Xojasi besh tanga qarz bo‘lib qolgan xizmatkor senmisan? -deb so‘radi.

  • Ha, — deb javob berdi xizmatkor.
  • Mana senga besh tanga, buni uy egasi berib yubordi.
  • O‘zi qani?
    -O‘zi menikida. U qul bozorida o‘zini menga besh
    tangaga sotdi.
    .
    Bu gapdan xizmatkor ham ajablandi, ham dahshatga tushdi. Quldorga ergashib uning uyiga bordi va olim do‘st qarshisida tiz cho‘kib:
  • Unday qilmang, pulni qaytarib beraylik — deb yalindi.
  • Men bu odam bilan shartlashib, besh tanga evaziga besh yil ishlab berishga va’da berdim. Va’damga xilof qila olmayman. Do‘stimni muhtojlikdan qutqarish uchun besh yil ishlab berish men uchun hech gap emas, — dedi olim do‘st.