«O‘zgidromet» 18 iyun kuni respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12–15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21–23 daraja, kunduzi 35–37 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 33–38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 24–29 daraja bo‘ladi.