Jazirama kunlar boshlanar ekan haydovchilar o‘rtasida «tonirovka» to‘lovlarni arzonlashtirish umuman tekin qilib qo‘yish bo‘yicha fikrlar o‘rtaga tashlanadi, zamonaviy davlatlarning aksariyatida ushbu xizmat bepul, maqsad esa aholi salomatligini turli xavflardan saqlash ekanligi aytiladi.
Umuman olganla hamma tonirovka haqida gapirdi, lekin umuman hech kim eshitgan emas. Ammo bugun Allamjonov avtomashina oynalarini qoraytirishni bepul qilish bo‘yicha taklif bildirib chiqqach, aholida yana umid uyg‘ona boshladi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Telegram’dagi kanalida avtomobillar oynasini bepul qoraytirishga ruxsat berish kerakligi haqida post qoldirdi.
“So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda yoz juda issiq, gohida haddan ziyod yoqimsiz issiq bo‘lyapti. Bulutli issiq kunlarda esa bosh og‘rig‘iga chidab bo‘lmaydi. Qurg‘oqchilik kuchayib, bundan bo‘yog‘iga yanada issiq bo‘lsa kerak.
Shu paytda agar mashina tonirovkasi bepul qilinsa, bundan hamma haydovchilar, yo‘lovchilar minnatdor bo‘lar edi. Bu ham aslida inson qadrining bir ko‘rinishi, odamlarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik namunasiga aylanar edi deyeyeyebbbbbb o‘ylaaaaabbb o‘tiruvdim tirband yo‘lda, orqamdan bir mashina signal chalib cho‘chitib yubordi.
P.S. Tonirovka tekin bo‘lishi kerak!!!” – deya o‘z sahifasida yozib qoldirgan u.
U o‘z postini #yaxshiniyatyarimtanirovka degan heshteg bilan yakunlagan.
Ko‘pchilik Allamjonov yuqorining ob-havosini yaxshi biladi deb ishonadi. Shuning uchun ham aksariyat fikr bildirayotganlar Allamjonov gapidan keyin tonirovka borasida nimagadir umid qila boshlashdi. Ayrim ijtimoiy tarmoq faollari bu borada prezident farmoni loyihasi tayyorlanayotganidan umid bildirib chiqdi.
Xo‘sh, haqiqatdan tonirovka borasida qandaydir o‘zgarishlar tayyorlanmoqdami? Allamjonov oldindan «gapning uchini chiqarib» yana «ochko» ishlayaptimi?
Hozircha jiddiy xulosa qilishga erta, sababi Allamjonovcha “taktika”da ko‘pincha aholini sarosimadan tinchlantirish, hamma vaziyat nazoratga olinganiga ishontirish kayfiyati ustunlik qiladi.
Tonirovka borasida ko‘p bora chiqish qilgan, va buning uchun Allamjonovdan kam qayg‘urmagan Kusherbayev “Soya uchun pul to‘lash nima uchun yomon va xavfli?”, deya yozgan maqolasida anchayin o‘rinli fikrlarni bildirib o‘tgan edi.
“Bu birinchidan, fuqarolarning sog‘lig‘iini saqlash uchun harakatlarini(terini quyosh nuridan saqlash) cheklayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, jamiyatda boy va kambag‘allar o‘rtasida sun’iy tabaqalashuv olib kelmoqda.
Uchinchidan, davlatning Konstitusiyada belgilab qo‘yilgan ijtimoiy adolat prinsiplaridan og‘ishayotganligini ko‘rsatmoqda.
To‘rtinchidan, esa soliq to‘lovchilar hisobiga xizmat avtomobillarini tonirovka qildirib yurgan amaldor va boshqaruvchilarga nisbatan oddiy fuqarolarda e’tiroz, ishonchliksizlik va nafrat paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Global isish kuzatilayotgan bir vaqtda bu masalani zudlik bilan hal etmaslik fuqarolarda davlatga bo‘lgan ishonchni pasaytirib, qo‘llab-quvvatlamaslik kayfiyatining ortishiga olib kelishi mukin, deya fikr bildirgandi deputat.
Biz esa hozircha tanganing ikkinchi tomonidan xabarsiz holatda ko‘p sonli aholiga hamohang ravishda Allamjonovning so‘zlarida bir “umid chirog‘i” borligiga ishongimiz keldi. Zero yoz jaziramasi issiq, oxirgi daraxtlaridan ayrilib qolgan yozlari shamollarsiz shahar va qishloqlarda haydovchilar avtomashinalarini “Inson qadri uchun” shioriga va uni amalga oshirgan kishiga rahmat ayta boshqarishiga umid qilamiz.