Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida davlat rahbari bemor bolalar bilan suhbat qildi.
“Sizni ko‘rib rosa xursand bo‘lib ketdim. Avvalgi joyda rosa qiyin edi. Hozir bu yerda turib sizga rahmat aytaman. Shunga sizni rosa yaxshi ko‘raman. Sizga o‘xshagan prezident bo‘laman” — deydi bemor bolajon.
Shavkat Mirziyoyev bolaning ushbu niyatini qo‘llab-quvvatlab, o‘zi ham qiyinchilik bilan bunga erishganini aytdi.
“Ilohim, niyating amalga oshsin. Albatta, prezident bo‘lasan. Men ham qishloqda o‘sgan odamman, men ham qiynalib o‘sganman. Yaxshi niyat qilgan bo‘lsang, albatta, prezident bo‘lasan, Xudo xohlasa”, — dedi davlat rahbari.