Andijon viloyati prokuraturasining xabar qilishicha, Andijon shahar Zafar ko‘chasi 4-uyda yashab kelgan voyaga yetmagan S.O‘. va R.O‘ ning jasadi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilmoqda. Tergov harakatlari shaxsan viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan.
Shunindek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, marhum bolalar 3 va 8 yoshda bo‘lishgan.