Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining qarzdor korxona, qo‘shimcha javobgarlar A.Saidov va A.Qodirovlardan undiruvchi «Agrobank» ATB Yozyovon filiali foydasiga jami 405.5011.200 so‘m kredit qarzdorligi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yozyovon tumani bo‘limi tomonidan ijroga qaratilgan.
Sudning qaroriga asosan undiruv qo‘shimcha javobgar A.Saidovga tegishli bo‘lgan 2019 yilda ishlab chiqarilgan “Tracker” rusumli avtotransport vositasi hamda A.Qodirovga tegishli bo‘lgan Yozyovon tumani, Navbahor qishlog‘ida joylashgan turar-joyga qaratish belgilangan edi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 18.06.2022 yil kuni qo‘shimcha javobgar A.Saidovga tegishli bo‘lgan “Tracker” rusumli avtotransport vositasi hamda A.Qodirovga tegishli bo‘lgan turar-joy bino-inshootlari xatlangan.