Ukraina ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Andrey Vitrenko maktab o‘quv dasturidan rus adabiyoti asarlaridan olib tashlash to‘g‘risidagi qarorga izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rus qalbining azob-uqubatlarini tasvirlaydigan bunday «og‘ir asarlar», ukrainaliklarga «umuman kerak emas».
«Shaxsan men bizni Rossiya imperiyasi bilan qandaydir tarzda bog‘laydigan barcha narsalarni tashlab yuborish kerak deb o‘ylayman. Rus qurollarining mistik kuchi mavjud bo‘lgan barcha asarlar, qandaydir afsonaviy, bularning barchasidan voz kechish kerak», deydi u.
Pushkinning «Yevgeniy Onegin», Lermontov («Zamonamiz qahramoni»), Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo», Bulgakovning «Usta va Margarita» asarlari Ukrainada maktab o‘quv dasturidan chiqarib tashlanadi. Ularning o‘rnini Ukraina va Gʻarb yozuvchilarining asarlari egallaydi.