Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

«O‘zgidromet» 22 iyun kuni respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12–17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17–19 daraja, kunduzi 27–29 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 17–22 daraja bo‘ladi.