Sirdayorda Qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi ishxonasida o‘zini osib qo‘ydi

Sirdaryo viloyati prokuraturasi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, 13 iyun kuni Boyovut tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan T.B. o‘zi ishlab kelgan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ma’muriy binosining ikkinchi qavatidagi bo‘sh xonasida, ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan va hozirda aniqlik kiritilayotgan shaxsiy muammolari sababli xona eshigining to‘siniga sirtmoq bilan bo‘yin qismidan osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi Boyovut tumani prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman IIB tezkor-tergov guruhi a’zolari va tuman prokuraturasi tergovchisi tomonidan ko‘zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.