Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, 11 iyul (dushanba) barcha xodimlar uchun (ish haftasi turidan qat’i nazar) qo‘shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.
Bundan tashqari, besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlarning dam olish kuni 16 iyul, shanba kunidan 12 iyul, seshanba kuniga ko‘chirildi.
Olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun 12 iyul, seshanba kuni ham qo‘shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Qurbon hayiti 2022 yil 9 iyulga to‘g‘ri keladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston aholisi Qurbon hayitida quyidagi kunlarda dam oladi:
9 iyul — shanba (dam olish kuni — hali rasman tasdiqlanmagan);
10 iyul — yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni);
11 iyul — dushanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun);
12 iyul — seshanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun/ko‘chirilgan dam olish kuni).