«O‘zbekgidroenergo» To‘polang suv omboridagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida joylashgan “To‘polang suv ombori” to‘g‘oni suv qo‘yib yuborgani va atrofni suv bosganligi to‘g‘risidagi asossiz (feyk) ma’lumotlar tarqatilmoqda.
“O‘zbekgidroenergo” AJ mazkur voqea yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Hozirda To‘polang suv ombori qoshida barpo etilgan To‘polang GESda 2-komponent modernizasiya loyihasi amalga oshirilayotgani munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari o‘tkazilgan vaqtda bosim quvuri to‘sini orqali 40 m3 suv chiqqan.
To‘g‘on bilan bog‘liq muammo mavjud emas. Xavotirga o‘rin yo‘q!
Ayni paytda ushbu nosozlik to‘liq bartaraf etildi. 40 m3 suv to‘liqligicha kanalga yo‘naltirildi.
Yurtdoshlarimizdan turli mazmundagi asossiz xabarlarga ishonmaslikni, ortiqcha vahimaga berilmaslikni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda joylashgan To‘polang suv omboridan suv toshgani haqida xabar berilgandi.