Qarshi tumani Beshkent shaharchasida yashovchi Q.A. 102 qisqa raqamiga murojaat qildi.
U 2022 yil 17-20 iyun kunlari oralig‘ida noma’lum shaxs u ishlab keladigan Qarshi shahar «Gʻ.Gʻulom» MFYda joylashgan MCHJ binosiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 100 mln so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irlab ketilganligini bildirgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida MCHJ rahbari Navoiy viloyatida yashovchi X.F.ning o‘zi o‘g‘irlik xaqida xabar berishni korxona ishchisiga buyurgan.Odamlarda o‘g‘irlik sodir bo‘lgandek tasavvur hosil qilish maqsadida o‘zi bilan birga olib kelgan temir bo‘lagi bilan eshiklarni go‘yoki buzilgandek ko‘rsatishga uringanligi aniqlangan.
Qashqadaryo viloyati IIB ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan X.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.