DXX Sirdaryoda “Obod qishloq” quraman deb 1,5 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan mansabdorlarni aniqladi
DXX 2020 — 2021 yillarda Boyovut tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tumandagi umumfoydalanuv avtomobil yo‘llari va “Obod qishloq” dasturiga asosan ichki yo‘llarda amalga oshirilgan qayta ta’mirlash ishlari nazorat o‘lchovidan o‘tkazilgandi.
Tekshiruv davomida mazkur korxona mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, hisobotlarga bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 1 mlrd. 525 mln. so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari ma’lum bo‘ldi.