Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida 4 yoshli bola noma’lum kasallikdan vafot etgani, ayni paytda uning 6 yoshli oila a’zosi ham og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida yotgani, shifokorlar ularga tashxis qo‘ya olishmagani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holatni o‘rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida SSV tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan Gʻuzor tumaniga yuborilgan.
«Vaziyat o‘z nazoratga olingan. O‘rganish natijalari haqida batafsil ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.