Hisob palatasi o‘rganishicha, Chortoq tumani Baland adir hududida 2020 yilda tashkil etilgan 1 000 ta 2 sotixlik issiqxonalarning 95 foizi hozirda yaroqsiz holga kelib, ulardan foydalanilmaydi.
Vaholanki, 2020 yilda e’lon qilingan rasmiy xabarda ta’kidlanishicha, «Golden Nats Namangan» agro tomorqa xizmati” MCHJ Baland adir dashtliklarida uzoq yillar davomida foydalanilmagan 36 gektar maydonda har biri 2 sotixli 1000 ta issiqxona qurmoqda.
Umumiy qiymati 13 milliard so‘m bo‘lgan loyihaga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan 6,7 milliard so‘m subsidiya mablag‘i va tijorat banklarining 6,3 milliard so‘mlik imtiyozli krediti yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Hozirga qadar 800 issiqxona foydalanishga topshirildi. Ularda yiliga 7 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirish mumkin. Yana bir oydan so‘ng qolgan 200 issiqxona ham tayyor bo‘ladi”.
Ammo davlat oliy moliyaviy nazoratchisining o‘rganishicha, bugun mazkur issiqxonalar hech qanaqa naf keltirmayapti.