Tarmoqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shoshilinch murojaat yo‘llashi bo‘yicha xabar tarqaldi.
Biroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin tomonidan rejalashtirilgan favqulodda murojaat haqidagi ma’lumotni rad etdi, deb yozadi «TASS».
Bu haqdagi ma’lumotlar 25 iyun kuni, Rossiya prezidenti borligi aytilgan hukumat korteji Kremlga yetib kelgani haqidagi xabarlardan keyin paydo bo‘ldi.
«Yo‘q, unday emas. Hammasi joyida», deb izoh berdi Peskov va favqulodda uchrashuvlar va murojaatlar rejalashtirilmaganini ta’kidladi.