Olmazor tumanida qo‘shni davlat institutiga o‘qishga kiritib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.J. boshqa bir fuqaro J.dan tanishlari orqali Tojikiston Respublikasidagi Pedagogika institutiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga 2-bosqichdan ko‘chirtirib berish evaziga 3 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.