Toshkent shahrida qaynona o‘z kelini bergan ovqatdan shubhalanib, Oziq-ovqat sud ekspertizasiga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, kelin qaynonasining joniga qasd qilish maqsadida yillar davomida uni zaharlashga uringan.
Ma’lum vaqt o‘tgach, qaynonaning mazasi qochgan va shifoxonaga tushgan. U yegan oxirgi ovqat va oshqozonidagi ovqat qoldiqlari ekspertizadan o‘tkazilgan.
Tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, ovqatga inson organizmiga zarar keltiruvchi modda va mayda shisha bo‘laklari qo‘shilgani aniqlangan.
Qaynona va kelinning hozirgi holati haqida ma’lumot berilmagan.