«O‘zgidromet» 1 iyul kuni respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 24–26 daraja, kunduzi 36–38 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 33–38 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23–28 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25–30 daraja, kunduzi 38–45 daraja bo‘ladi. Ba’zi joylarda 45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi.