Toshkent ayeroportida hamrohlik qiluvchi shaxslarning terminalga kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan airports Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etililishicha, ziyoratchilarning Hajga jo‘nab ketishi va hajdan qaytib kelishi, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan terminalga kuzatuvchilarning kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.
Terminal binosi va terminal oldi hududlarda tirbandliklar hamda tiqilinch holatlarning oldini olish maqsadida cheklovlar joriy yilning 31 iyuliga qadar amal qiladi.
Estakadaga chiqish avtomobillar va avtobuslar uchun ochiq.
Ma’lumot uchun, estakadaga kirish qoidalari quyidagicha:
Yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun “Toshkent” xalqaro ayeroporti estakadasiga kirish erkin
Taksilar, sayyohlik avtobuslari va chet el delegasiyalarining transporti uchun estakadada harakatlanishga ruxsat etiladi.
Estakada bo‘ylab terminalga o‘tish qoidalari:
— Estakadaning o‘ng tomondagi chizig‘i sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun, chap tomondagi chizig‘i esa taksilar uchun mo‘ljallangan;
— Taksilar uchun estakadada yo‘lovchilarni olish/tushirish vaqti 5 daqiqadan, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqadan oshmasligi kerak;
— Estakadaning o‘ng va chap chiziqlarini ajratib turadigan sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va jarima to‘lanishini nazarda tutadigan qoida buzarlik hisoblanadi.
Estakadada bir vaqtning o‘zida 30 ta yengil avtomobil yoki turistik avtobuslarni hisobga olgan holda, 17 ta avtomobillar joylashishi mumkin.