Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida 11 iyun kuni «Nexia» daraxtga urilib, avtomobildagi 3 yigit halok bo‘ldi. Bu haqda «Millar» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, tumanning Bekobod qishlog‘ida yashovchi, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 2005 yilda tug‘ilgan yigit mashinani boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Shundan so‘ng yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. YTH oqibatida haydovchi va mashinada bo‘lgan, 2004 va 2005 yilda tug‘ilgan ikki yo‘lovchi yigit vafot etgan.
Shuningdek, avtomobil salonida bo‘lgan, 2004 yilda tug‘ilgan yigit chap oyoq sinishi tan jarohati bilan, 2005 yilda tug‘ilgan yigit o‘ng oyoq sinishi tan jarohati bilan va 2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi bosh miya jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.