Samarqand viloyati Toyloq tumanida ayol o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 27-iyun kuni soat taxminan 04:30 larda Toyloq tumani “Bog‘izag‘on” mahallasi Samarqand ko‘chasida yashagan 1991-yilda tug‘ilgan G.I. o‘zining yashash uyi mehmonxonasida kiyim ilgichga ayollar ro‘moli bilan o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Aniqlanishicha, G.I. Toyloq tumani “Bog‘izag‘on” mahallasida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan O.X. bilan 2019-yilda qonuniy nikohdan o‘tib, birga yashab kelgan. Turmushlari davomida 2 nafar 2019 va 2021-yilda tug‘ilgan farzandi bor.
Marhumaning o‘z joniga qasd qilgani holati bo‘yicha o‘lim sababini aniqlash maqsadida uning murdasi sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvidan o‘tkazilgan.