Ichki Ishlar vazirligi, bu jarimalar orqali milliardlab pul ishlayapdi — Kamoliddan Robbimov

Taniqli siyosatshunos Kamoliddin Robbimov Yo‘l harakati xavfsizligiga doir og‘riqli muammolar haqida ma’lum qildi. Bu haqda o‘zining Feysbuk sahifasida yozib qoldirgan.

«O‘zbekistonda, yo‘l harakati xavfsizligi borasida yana bitta o‘ta jiddiy muammo bor. Aholi punkti ichidagi tezlik 70 km.soat. Bu, halqaro standartga ko‘ra, yuqori. Chunki, dunyoning aksariyat davlatlarida, bu 50 km.soat tezlikda. Lekin, shaharlararo, mintaqalararo yo‘llardagi tezlik, dunyo davlatlarida 130 km.soat yeki undan ham yuqori. O‘zbekistonda esa, Toshkentdan Samarqandga borguncha, o‘nlab aholi punktlari bor. Bu – noto‘g‘ri!

Birinchidan, katta trassalarda aholi punkti bo‘lmasligi kerak. Aholi punkti bo‘lganida ham, aholini trassadagi transportlardan himoya qilish tizimi bo‘lishi kerak. Va bu aholi punktlari ichidagi tezlik, odatdagi aholi punktlariga nisbatan, yuqori qilib belginadi. Misol uchun, Yevropada aholi punkti ichida 50km.soat bo‘lsa, trassalarda joylashgan axoli punktlaridagi tezlik yeki 70 yeki 90 km.soat qilib belgilangan. Ya’ni, O‘zbekistonda bu tizim umuman aqlan o‘ylab ko‘rilmagan.

Ha tushunaman, Ichki Ishlar vazirligi, bu jarimalar orqali milliardlab pul ishlayapdi. Lekin, bu jarimalarning real siyosiy qiymati ham bor: odamlar qancha ko‘p jarima to‘lasa, tizimga nisbatan shuncha noroziligi oshib boradi. Chunki, qoida aniq-tiniq va rasional bo‘lgan joyda, odamlar qoidalarni buzmaydi. Boshqacha qilib aytganda, IIVligi, jarimalar orqali davlatning legitimligini yemirmoqda, ijtimoiy noroziliklar uchun asosni kuchaytirmoqda», deya yozadi siyosatchi.