Tahlikada qolgan Yevropa. Rossiya gaz ta’minotini butunlay uzsa, kim ko‘proq jabr ko‘radi?

Shu kunlarda Rossiyaning Yevropa bo‘ylab gaz ta’minotini uzib qo‘yish haqidagi qarori butun Yevropa davlatlarini xavotirga qo‘ymoqda. Iqtisodchilarning aytishicha, bordi-yu shunday bo‘lsa, bu holat Yevropa mamlakatlaridagi savdo va biznes bilan bog‘liq murakkab vaziyatlarni keltirib chiqarishi tahmin qilinyapti, deya xabar beradi «The Guardian» nashri.

Ushbu holatda Yevropa iqtisodiyoti turli xil faktorlarga ko‘ra zarar ko‘radi. Jumladan, shundoq ham eng katta eksport bozori bo‘lgan AQSHda talabning tushishi, Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi ortidan oziq-ovqat va energiya narxlarining oshishi bilan iqtisodiyotning yanada pasayishiga zamin yaratdi.

2021 yilning ikkinchi yarmida energiya narxlari keskin oshdi. Biroq, Rossiya-Ukraina mojarosi bu vaziyatga qo‘shimcha murakkablikni olib keldi. Bu orada Yevropa Ittifoqi, AQSH va Britaniya Rossiyani iqtisodiy jihatdan yakkalab qo‘yish yo‘llarini qidirdi. Shunga qaramay, Yevropaning energiyaga bo‘lgan talabi Rossiya bilan bog‘likligicha qolmoqda. Rossiya rahbari Vladimir Putin esa o‘ziga yo‘llangan sanksiyalarga gaz ta’minotini uzish bilan javob qaytarmoqchi. Ayni paytda Germaniya, Bolgariya va Polsha bo‘ylab gaz boradigan ba’zi quvurlar ta’minotdan uzib qo‘yilgan.

Amerikalik tahlilchi Morgan Chizning fikricha, Rossiya Yevropa unga bergan «og‘riq»larga javoban gaz ta’minotini uzish orqali ular ham shunday og‘riqni his qilib ko‘rishi yo‘lini tanladi.

Jahon neft bozorining mustahkam tutqichi ayni paytda Rossiya tomonida, -deydi M. Chiz.

Iqtisodiyot va Biznes Tadqiqot Markazi iqtisodchilari Key Nyufeld va Jonas Kiklarning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukrainaga harbiy urushi «haqiqiy vayron bo‘lgan Yevropa krizis»ini yaratdi. Bu esa Yevropa mamlakatlari yuzlashgan murakkab vaziyatda jami besh imkondan atigi ikkitasi qolganini anglatadi.

Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek o‘tgan hafta OAV ga bergan intervyusida hukumat Rossiya tomonidan uzib qo‘yilgan gaz quvurlarining qayta ulanishi kechiktirilishidan, bu esa qishda bir qancha kamchiliklarni keltirib chiqarishidan cho‘chiyotganini aytib o‘tgan.

Shunisi aniqki, Yevropa yuzlashayotgan gaz bilan bog‘liq kamchiliklarda o‘ta murakkab vaziyat kelib chiqishi turgan gap. Negaki Yevropa davlatlari bir-biri bilan faqatgina energiya bo‘yicha o‘zaro aloqa qiluvchilar emas, balki yaxshigina umumlashgan ta’minot zanjirlari bilan ham bog‘langan, deydi mutaxassislar Nyufeld va Kik.

Shu sababdan Rossiya gaziga qaram bo‘lgan Yevropa davlatlari ayni vaqtda muqobil ta’minot topish ustida poyga qilmoqda.